18:38 / 30.09.2016
9366

Agent: Xitoy klublari Ibrahimovichga misli ko‘rilmagan oylik taklif qilgan edi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning agenti Mino Rayola so‘zlariga ko‘ra, yozda uning mijoziga Xitoy klublari juda katta maosh taklif qilishgan.

“Ibrahimovich – eng yaxshi futbolchi. Zlatan xitoyliklardan 100 million yevro olishi mumkin edi, biroq u mo‘may daromad keltiruvchi taklifni rad etdi. Zlatan pulga o‘ch emas, unga faqat g‘alabalar kerak. Men doimo buyuk futbolchilar bilan ishlab kelganman, bu borada omadim bor ekan. Ibrahimovich ham ulardan biri hisoblanadi”, - deydi Rayola Il Giornale nashriga bergan intervyusida.

Mavzuga oid
Top