11:30 / 30.09.2016
6795

Inha Universiteti shifokorlari O‘zbekiston aholisini ko‘rikdan o‘tkazishdi

Janubiy Koreyaning Inha Universiteti delegatsiyasi 25 sentabrdan 30 sentabrga qadar O‘zbekiston aholisini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqida Uzdaily nashri xabar berdi. 

Delegatsiya tarkibiga jarroh, gastroenterolog, pediatr, reabilitolog, ortoped, otorinolaringolog, yuqumli kasalliklar shifokori, farmatsevt va boshqalar kiritilgan. 

Koreya Respublikasidan kelgan shifokorlar O‘zbekistonga tashrifi davomida Toshkent viloyati hamda Navoiy shahri aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishdi. Tashrif "Sog‘lom avlod uchun" fondi tomonidan tashkillashtirilgan. 

Shifokorlar ko‘rsatmasi bilan barcha bemorlarga insonparvarlik yordami sifatida dori-darmonlar tarqatildi.

 

Top