15:51 / 30.09.2016
11313

«Zenit» matbuot anjumani vaqtida noqulay ahvolga tushib qoldi

Sankt-Peterburgning «Zenit» jamoasi tashkil qilgan matbuot anjumani vaqtida tarjimon so‘zlarni niderland tiliga tarjimalashdan bosh tortdi. Chunki, uni nemis tiliga tarjimon sifatida taklif etishgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda «Meduza» xabar yozgan.

«Zenit» futbol klubi 29 sentabr kuni Yevropa Ligasi doirasida Niderlandiyaning «Alkmar Zanstrek» jamoasiga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazgan.

Piterliklar jamoasidan jurnalistlar bilan uchrashuvga bosh murabbiy Mircha Luchesku, uning yordamchisi Aleksandr Spiridon va belgiyalik himoyachi Nikolas Lomberts kelgan. 

Lombertsga ilk savol berilganida uning belgiyacha tilda qaytargan javobini niderlandiyalik jurnalistlarga o‘girib berish kerak bo‘lgan. Lekin tarjimon nemischa gapirib ketgan va degan: «Meni nemis tiliga tarjima qilish uchun chaqirishgan. Men niderlandchaga o‘girmayman».

Natijada, Lomberts matbuot anjumanini ingliz tilida davom ettirgan. Rossiyalik jurnalistlarning savollarini esa tarjimonsiz tushuna olgan.

Bu holat tasvirlangan video jamoaning YouTube portalidagi kanaliga joylangan. Klub rasmiylari bu vaziyat yuzasidan izoh berishmadi.

«Zenit» va AZ jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 5:0 hisobida mezbonlar g‘alabasi bilan yakunlandi.

Top