21:19 / 01.10.2016
12430

AQSh davlat departamenti AQSh HHK "Jibhat an-Nusra"ni ataylab bombardimon qilmayotganini tan oldi

AQSh davlat departamentida AQSh harbiy-havo kuchlari Suriyada "Jibhat an-Nusra" pozitsiyalarini ataylab bombardimon qilmayotganini tan oldi. Bu haqda jurnalistlar bilan brifingda departamentning rasmiy vakili Mark Toner ma'lum qildi. Tonerning tan olishicha, AQSh "An-Nusra" jangarilari Suriyadagi aholi turadigan mavzelarga bostirib kirishni to‘xtatgan 2015 yildan beri ularga zarba bermayapti. 

"Biz ularni 2014 va 2015 yilda bombardimon qilganmiz. Keyin esa ular aholi turadigan mavzelarga bostirib kirishni to‘xtatgach, biz ham bombardimonlarni to‘xtatganmiz", deb aytdi Toner va bu masalada yaxshisi Pentagonga murojaat qilish kerakligini qo‘shimcha qildi. 

AR agetligi muxbiri Metyu Li AQShlik diplomatlarni Suriya bo‘yicha chalkash pozitsiyada aybladi. Uning fikricha, AQSh bir necha kundan beri Moskva bilan Suriya bo‘yicha kelishuvdan chiqishga va'da bermoqda, biroq buni hech ham amalga oshira olmayapti. Shuningdek, Oq uy tomonidan yarashuvni qayta boshlash uchun qo‘yilayotgan shartlar shunchalik noaniqki, ularni na AQSh hamkorlari va na raqiblari tushunmoqda. 

 

Top