Jahon | 18:30 / 01.10.2016
17478
1 daqiqa o‘qiladi

XXR o‘zining 67 yilligini ajoyib manzaralar og‘ushida nishonlamoqda (fotojamlanma)

Har yili 1 oktabrda XXRning eng asosiy davlat bayrami nishonlanadi. 1949 yilning 1 oktabrida Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi haqida ma'lum qilingan. 2 dekabrda markaziy xalq hukumati 1 oktabrni milliy bayram sifatida e'lon qilish to‘g‘risida qaror chiqargan. 

Shu kundan boshlab Xitoyda "Oltin haftalar"dan biriga start beriladi - 1-3 oktabr kunlari dam olish kunlari bilan birga bayram haftasi, deb e'lon qilinadi. Shahar ko‘chalari rang-barang gullardan iborat ulkan kompozitsiyalar bilan bezatiladi, xalq sayllari tashkil qilinadi va mushakbozlik o‘tkaziladi. 

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) tashkil topganiga 67 yil to‘lishi munosabati bilan joriy yilda mamlakat poytaxti tunda ajoyib manzara kasb etmoqda. Qorong‘u tushishi bilan Tyananmen maydoni va Chanantsze ko‘chasida bayram shukuhi hukmronlik qilmoqda. 

Mavzuga oid