16:06 / 01.10.2016
8997

Mourino Fergyusson uchun "Manchester Yunayted" rahbariyatiga murojaat qildi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino  jamoa rahbariyatiga murojaat qildi va Aleks Fergyussonga direktorlar kengashida ko‘proq vakolat berishini so‘radi.

Ser Aleks Fergyusson 2013 yilda klub direktorlar kengashiga a'zo bo‘lgan edi. Aynan o‘sha yilda klub Angliya chempionatida oxirgi bor g‘olib bo‘lgandi.

Fergyusson “Manchester Yunayted”  bilan 13 marta chempionlik sovrinlarini qo‘lga kiritib, klub direktorlar kengashiga kirgan edi. Shotlandiyalik mutaxassis klubda o‘ziga xos mavqeiga ega bo‘lishiga qaramay, u jamoada ikkinchi darajali bo‘lib qolmoqda.

Top