11:08 / 01.10.2016
6559

"Tottenhem" - "Manchester Siti", "Roma" - "Inter" va dam olish kunlari o‘tkazib yuborib bo‘lmas o‘yinlar

1-2 oktabr kunlari Yevropada milliy chempionat o‘yinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli o‘yinlar kutmoqda.

Bundesliga. "Bayyer" - "Borussiya D" (Shanba, 1 oktabr,  Match! Futbol 3, 21:30)

Germaniya chempionati  6-turining markaziy uchrashuvlaridan biri Leverkuzenda bo‘lib o‘tadi. “Bayyer” uyda “Borussiya D”ni qabul qiladi. Mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlagan “Bayyer”ga barqarorlik yetishmayapti.   Dortmundliklar esa ancha omadli start oldi. To‘g‘ri, jamoada bir mag‘lubiyat bor. Shunga qaramay, klub har bir raqibini yirik hisobda mag‘lub qilishda davom etmoqda. Hozirda ular “Bavariya”dan keyin 2-o‘rinda borishmoqda.

Maydonga tusha olmaydigan futbolchilar:

“Bayyer”: Karim Belarabi, Yoel Poxyanpalo, Lukas Beder.

“Borussiya D”: Neven Subotich, Mark Bartra, Marko Roys, Andre Shyurrle, Sven Bender.

APL. “Tottenhem” – “Manchester Siti” ( Yakshanba,  2 oktabr, Match! Futbol 1, 18:15)

Joriy mavsumda “Manchester Siti” APLning barcha o‘yinlarida g‘alaba qozonmoqda. Bu jamoadan ochko tortib olish birorta jamoaga nasib qilmayapti. Lekin Gvardiola shogirdlarini 7-turda juda qiyin o‘yin kutmoqda. “Tottenhem” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni qabul qiladi. Ayni paytda bu ikki jamoa turnir jadvalida yonma-yon joy olishgan. Ularning ochkolari borasida tafovut  4tani tashkil qilmoqda.

Maydonga tusha olmaydigan futbolchilar:

“Tottenhem”:  Xarri Keyn, Mussa Sissoko.

“Manchester Siti”: Kevin de Bryuyne, Vensan Kompani, Nolito

RFPL. “Zenit” – “Spartak” (Yakshanba, 2 oktabr, Match TV, 18:30)  

Rossiya chempionatining 8-turida “Zenit” o‘z maydonida “Spartak”ni qabul qiladi. Ortda qolgan 7 turdan so‘ng ikki jamoa ham jadvalda bir-biriga yaqin joylashishgan. Piterliklar “Spartak” bilan bahsdan oldin Yevropa Ligasining 2-turida AZni  5:0 hisobida mag‘lub qildi. Joriy mavsumda “Zenit” hali mag‘lubiyatga uchramagan. “Spartak”da esa bitta mag‘lubiyat bor.

RFPL. “Rostov” – TsSKA (Yakshanba, 2 oktabr, Match TV,  21:00)

Turning yana bir o‘yini “Rostov”  hamda TsSKA o‘rtasida kechadi. Moskvaliklar chempionatni ishonchli boshlagan va “Spartak”dan keyin 2-o‘rinda borishmoqda. Biroq “Rostov” chempionatni biroz yomon boshladi. Ortda qolgan 7 turdan keyin jamoa 3 bor mag‘lubiyatga uchradi. Xullas, 8-turning eng qiziqarli o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.

A Seriya.  “Roma” – “Inter” (Yakshanba, 2 oktabr, Match TV, 23:45)

A Seriyaning  7-turining markaziy uchrashuvi Rimda bo‘lib o‘tadi. “Roma” azaliy raqibi “Inter”ni qabul qiladi. Ayni paytda bu ikki jamoa turnir jadvalida yonma-yon  joy olishgan. Oxirgi yillarda “Roma” va “Inter” chempionatda o‘z mavqeini ancha yo‘qotib qo‘ygan. “Yuventus”ni chempionlikni qo‘lga kiritishiga hech qanday qarshilik ko‘rsata olmayapti. Bu jamoalar shu kunga qadar 175 marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan.  Ustunlik “Inter” tomonida bo‘lib, ular 76 bor “Roma”ni mag‘lub qilgan. “Roma” esa 50ta o‘yinda “Inter”dan ustun kelgan.

Maydonga tusha olmaydigan futbolchilar:

“Roma”: Tomas Vermalen, Antonio Ryudiger.

“Inter”:  Joau Mariu, Marko Andreolli

Manba: Tribuna.Uz

Top