17:07 / 02.10.2016
16158

Fotogalereya: o‘tgan hafta qayerda, qachon, nima voqealar sodir bo‘ldi?

O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovardir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.

BAAning Sharja shahrida taksichi bir tadbirkor unutib qoldirgan, ichida 1,7 mln dirham (500 ming dollar) bo‘lgan papkani egasiga qaytarib berdi.

 

AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar Xillari Klinton va Donald Tramp 26 sentabrda Nyu-Yorkdan 40 km uzoqlikda joylashgan Xempsted shahridagi Xofstr universitetida birinchi marta teledebatlarda yuzma-yuz uchrashadi.

 

AQShda kosovolik xaker, IShID bilan hamkorlik qilishda ayblangan Ardit Fareziga 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llandi.

 

Buyuk Britaniya shahzodasi Uilyam va malika Keyt farzandlari bilan Kanadaning Viktoriya shahriga kelgandan keyin, ularning to‘ng‘ich farzandi – shahzoda Jorj Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoga qo‘l berishdan bosh tortdi.

 

Maxsus davlat komissiyasi o‘z vazifalariga beparvo munosabatda bo‘lgani uchun Tailandning sobiq bosh vaziri Yinglak Chinnavatga nisbatan jarima belgiladi. Bangkok Post nashrining ma'lum qilishicha, hukumatning sobiq rahbariga belgilangan jarima miqdori - 35,7 milliard bat (1 milliard dollardan ortiq).

 

AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Leora Spratlen O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishda davom etmoqda. O‘tgan hafta u Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

 

Bangladesh bojxona xodimlari Dakka shahridagi Hazrat Shoxjalol xalqaro aeroportidagi chiqindi qutisidan 3 kilogramm oltin topib olishdi.

 

Xitoyda cho‘l o‘rtasidan o‘tuvchi eng uzun yo‘l qurildi.

 

Tadbirkor Stiven Xun tomonidan buyurtma qilingan Rolls-Royce Phantom’ning 30 avtomobili Britaniyaning Gudvud shahridagi zavodni tark etdi. Marka tarixidagi eng yirik bo‘lgan ushbu buyurtma 2017 yilda ochilishi rejalashtirilgan Makaodagi The 13 mehmonxonasiga yo‘l olgan.

 

Amerikalik aktyor Leonardo DiKaprio Malibudagi dang‘illama hovlisini sotganidan bir necha kun o‘tib, yana bir uyini sotuvga qo‘ydi.

 

Yaponiyaning Infiniti kompaniyasi Rossiya bozoriga kirib kelganining 10 yilligini nishonladi. Kompaniya bayram tantanalari doirasida Rossiya bozoridagi o‘zining yangi modellari: Q30, QX30, Q50 va QX60 mashinalarini taqdim etdi.

 

Avstraliyalik Jyekson O'Doerti o‘zining kanalida kichik kenguru ishtirokidagi videoni yukladi, u bu jonivorni uy hayvoni sifatida boqib olgan.

 

Hollivudning iste'dodli aktyori Tom Henks Nyu-Yorkdagi Markaziy xiyobonda yugurayotib, suratga tushayotgan yosh kelin-kuyov - Elizabet va Rayanga duch keldi. U yugurishdan to‘xtab, fotosessiyada ishtirok etdi.

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi 2016/2017 yilgi mavsumdagi uchinchi formasini taqdim qildi.

 

Space X kompaniyasi asoschisi Ilon Mask o‘zining kelajak raketasi loyihasini taqdim etdi. Mazkur qurilma yordamida u Mars sayyorasini egallamoqchi. Taqdimot marosimi Meksikaning Gvadalaxara shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro astronavtika kongressida tashkil etildi.

 

1906 yilda Britaniyaning Punch jurnali simsiz gadjyetlar tufayli jamiyatda individlarning izolyatsiyasidan ogohlantirgan. Bu haqida Quartz nashri ma'lum qildi.

 

Xitoyning DJI kompaniyasi o‘zining ilk ixcham taxlanuvchi Mavic Pro dronini taqdim etdi. Bu haqida The Verge xabar bergan.

 

Qirg‘izistonda 777 AAA davlat avtomobil raqami 1 million 716 ming somga (25200 dollar) sotib olindi.

 

Iroq janubi-sharqidagi Basra shahrida joylashgan Saddam Husaynning sobiq saroyi muzeyga aylantirildi.

 

Mercedes-Benz kompaniyasi o‘zining yangi hashamatli avtomobillari qatorini dabdabali yaxta ishlab chiqarish bilan yangi xaridorlarni o‘z mahsulotlariga jalb qilmoqchi ko‘rinadi. Uning shunday ajoyib kateri Monakoda tashkil etiladigan yaxta-shousida namoyish etiladi.

 

Eshiksiz sportkarlar, olti metrlik radioboshqariluvchi kupe, iplardan yasalgan o‘rindiqli krossover, muqobil boshqariluvchi xetchbek va boshqa kontsept-kar hamda prototiplar Parij avtosalonida yaqin kelajakda ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan avtomobillar namunalari namoyish etildi.

 

Har yili 1 oktabrda XXRning eng asosiy davlat bayrami nishonlanadi. 1949 yilning 1 oktabrida Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoy Xalq Respublikasining tashkil topganligi haqida ma'lum qilingan. Shu kundan boshlab Xitoyda "Oltin haftalar"dan biriga start beriladi - 1-3 oktabr kunlari dam olish kunlari bilan birga bayram haftasi, deb e'lon qilinadi.

Top