21:21 / 02.10.2016
7139

«Real» qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda durang qayd etdi

Madridning «Real» jamoasi g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi. Zaynidin Zidan shogirdlari Primeraning navbatdagi turida ham g‘alabaga erisha olmadi. Bungacha jamoa chempionatning avvalgi turlarida «Vilyarreal» (1:1) va «Las-Palmas» (2:2) jamoalari bilan durang qayd etgan, o‘tgan haftada YeChLning guruh bosqichi 2-turi doirasida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlangandi.

Ispaniya chempionatining 7-turida «Eybar»ni qabul qilgan «Real» yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mehmonlar jamoasi «qirollik klubi»ga jang taklif qildi va uyga ochko bilan qaytdi. O‘yinning 6-daqiqasida Fran Rikoyening pasini golga aylantirgan Andera Kapa «Eybar»ni olg‘a boshladi. 11 daqiqa o‘tib esa Garet Beyl Krishtianu Ronaldu uzatgan to‘pni darvoza to‘riga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

O‘yinning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi.

Qayd etish kerakki, Zidan bu o‘yinda jamoaning yetakchi futbolchilari Luka Modrich, Marselo va Kazemiro xizmatlaridan foydalana olmadi. Bu futbolchilar jarohat tufayli turli muddatlarga safdan chiqqan.

7 turdan keyin «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda, «Eybar» 8-pog‘onada joylashgan.

Real Madrid – Eybar 1:1
Gollar: 0:1 – 6 Riko, 1:1 – 17 Beyl.
Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 46), Danilo, Karvaxal, Pepe, Isko (Asensio, 72), Kroos, Kovachich, Beyl, Ronaldu, Benzema (Morata, 46).
Eybar – Riyesgo, dos Santos, Luna, Kapa, Lejyen, Dani Garsiya, Eskalante, Leon, Riko, Penya (Bebe, 87), Enrik (Kike, 76).
Ogohlantirishlar: Eskalante (29), Karvaxal (44), Beyl (44), Dani Garsiya (48), Morata (56), Lejyen (57), Penya (71), Kroos (73), Riko (84).

Mavzuga oid
Top