09:54 / 03.10.2016
17820

3 oktabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

2 oktabr tuni va 3 oktabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Qirg‘iziston hukumati vakillari, jamoat faollari va bir guruh yoshlari Andijonga tashrif buyurdi

Kecha Andijonga Qirg‘iziston Respublikasi Bosh Vazirining birinchi o‘rinbosari Muhammetkaliy Abdulgaziyev boshchiligida O‘sh viloyati hokimiyat organlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

>>> Batafsil.

Samarqandda terminal o‘rnatilgan avtobuslar paydo bo‘ldi

Surat e'lon qilingan Facebook’dagi sahifalarning birida bu amaliyot asosan Samarqanddan tumanlarga qatnaydigan avtobuslarda joriy etilgani, shahar ichida harakatlanuvchi avtobuslarda nafaqat naqd pul, balki jyetonlar yordamida ham hisob-kitob qilish mumkinligi yozilgan.

>>> Batafsil.

Jahon musulmonlari uchun yangi 1438 hijriy yil kirib keldi

Bir qancha musulmon mamlakatlaridagi oy kuzatuvi tadqiqiga ko‘ra, bugun, 2016 yilning 2 oktabr kuni Hijriy taqvimning 1438 yili kirib keldi. Yangi yilning birinchi oyi – Muharram oyidir.

>>> Batafsil.

Eron AQShning ushlab olingan dronini namoyish qildi

Eronda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi a'zolari AQShning ushlab olingan droni suratini chop etishdi, deb xabar bermoqda Tashim News agentligi.

>>> Batafsil.

Liviyada gollandiyalik jurnalist halok bo‘ldi

2 oktabrda gollandiyalik jurnalist Liviyada milliy kelishuv hukumati (MKH) qo‘shinlari va IShID jangarilari o‘rtasida Sirt shahridagi janglar vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar bergan.

>>> Batafsil.

Grenlandiyada AQShning tashlandiq harbiy bazasi tabiatni yo‘q qilish bilan xavf solmoqda

Grenlandiyada global issiqlik tufayli Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi aviabaza aniqlandi. Bu aviabaza AQShga tegishli bo‘lgan, biroq muzliklar eriy boshlaganda, amerikaliklar bu yerdagi faollik izlarini yashirishga ulgura olishmagan.

>>> Batafsil.

Samolyot yukxonada unutib qoldirilgan yukchi sababli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Portugaliyadan Angolaga uchib ketayotgan samolyot yukchining yo‘qolib qolgani haqidagi xabardan keyin Lissabonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

>>> Batafsil.

Braziliyaning eng yirik shahriga millioner mer bo‘ldi

Braziliya sotsial-demokratik partiyasi a'zosi, tadbirkor-millioner Joau Doria Braziliyaning eng yirik shahri – San-Paulu meri etib saylandi.

>>> Batafsil.

Filippin prezidenti Gitler haqidagi gaplari uchun uzr so‘radi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte yakshanba kuni yahudiylar jamiyatidan Gitlerning xolokosti haqida aytib o‘tgan gaplari uchun omma oldida uzr so‘radi. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

>>> Batafsil.

Moskvada avtomobil avtobus bekatiga urilishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

2 oktabrda Moskvada yengil avtomobil avtobus bekatida turgan 4 kishini urib ketdi. Oqibatda ularning 3 nafari halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.

>>> Batafsil.

Londonning "Arsenal" klubi muxlislari ketayotgan poyezd sigirlar podasini urib yubordi

Londonning "Arsenal" klubi muxlislari ketayotgan yo‘lovchi poyezdi 2 oktabrda Piterboro shahri yaqinida sigirlar podasini urib yubordi. Oqibatda 11 ta sigir nobud bo‘ldi, deb xabarbermoqda Mirror nashri.

>>> Batafsil.

Osiyo chempionati U16. O‘zbekistonni chorak finalda qoldirib ketgan Iroq Osiyo chempioni bo‘ldi

Hindistonda o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Finalda Eron va Iroq vakillar uchrashdi.

>>> Batafsil.

Top