00:22 / 03.10.2016
5989

AQSh o‘z fuqarolariga "Mettyu" to‘foni sababli Gaitini tark etishni tavsiya qildi

AQSh ma'muriyati o‘z fuqarolariga Gaitiga "Mettyu" to‘fonining yaqinlashayotgani sababli bu orol-davlatni tark etishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda 2 oktabrda tarqatilgan AQSh Davlat departamenti ogohlantirishida aytilgan.

"Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Saffira-Simpsona yaqinlashayotganidan ogohlantiradi va ularga Gaitiga safarlarni qoldirishni tavsiya qiladi. Biz amerikaliklarga imkoni boricha tezroq Gaitini tark etishni va to‘fon yaqinlashgungacha aviatashuvchilar xizmatidan foydalanishni tavsiya qilamiz", deb aytilgan ogohlantirishda. 

Diplomatlarning eslatishicha, ob-havo sharoitlari yomonlashgach, aeroportlar yopiladi. Davlat departamenti, shuningdek, "davlat xizmatchilari oila a'zolariga Gaitini to‘fon sababli tark etishlariga" ruxsat berdi. AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi ma'lumotlariga ko‘ra, to‘fon Gaitiga 36 soat ichida yetib keladi. Biroq kuchli shamollar va jalalar mamlakat janubida bugun, 2 oktabr kechasi kuzatilishi kutilmoqda. Davlat departamenti 1 oktabrda xuddi shunday ogohlantirishni Yamayka va Bagam orollariga nisbatan ham tarqatgandi.        

Ayni vaqtda to‘fon Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha 4-toifadagi kuchlilik darajasiga yetgan. To‘fon Kubaga yaqinlashgani sari shamol tezligi soatiga 250 km ga kuchayishi istisno qilinmayapti, bu esa maksimal – 5-toifadagi kuchlilikka to‘g‘ri keladi.

 

Mavzuga oid
Top