17:57 / 03.10.2016
5305

«Barselona» Ispaniya chempionatida 11 yil ichidagi eng yomon startini qayd etdi

«Barselona» Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 7 turdan keyin 13 ochko jamg‘argan. Kataloniyaliklar jamoasi bunday yomon startni oxirgi marta 2005/06 yilgi mavsumda qayd etgandi.

11 yil oldin ko‘k-anorranglilar jamoasi 7 turdan keyin 10 ochko jamg‘arishgandi. O‘sha mavsum yakunida «Barselona» chempionlikka erisha olgandi.

7-turda Luis Enrike shogirdlari «Selta»ga 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Mehmonlar safida gollarga Pione Sisto, Yago Aspas va Pedro Ernandes mualliflik qildi, yana bir gol mezbonlar himoyachisi Jyeremi Matyo hisobiga yozildi. «Barselona» safida himoyachi Jyerar Pike dubl  qayd etdi, «Selta» darvozasiga belgilangan penaltini Neymar aniq amalga oshirdi.

Ayni vaqtda «Barselona» 13 ochkosi bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashib turibdi. Madridning «Atletiko» jamoasi 15 ochko bilan birinchi o‘rinda. Ikkinchi o‘rindagi «Real» 15 ochko to‘plagan, uchinchi o‘rinda «Sevilya» 14 ochko bilan joylashgan.

Manba: tribuna.uz

Mavzuga oid
Top