09:31 / 03.10.2016
4497

Brexit harakati yetakchilaridan biri bo‘lgan britaniyalik siyosatchi Trampga maslahatlar berdi

Buyuk Britaniya mustaqillik partiyasining (UKIP) sobiq rahbari, Brexit g‘oyasi faollaridan bo‘lgan Nayjyel Faroj CNN efirida AQSh prezidentligi uchun Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Trampga o‘zining bir necha maslahatlarini berdi.

U «Klinton bilan janjal» boshlamaslikka chaqirgan.

«Sen nima qilishing kerak aytaymi, Donald. U bilan xuddi o‘z uyingdagi mehmon bilan gaplashgandek gaplashishing kerak», — deya qayd etgan Faraj.

U shuningdek, barcha hujumlarga beparvo bo‘lishni maslahat qilgan. Britaniyalik siyosatchining fikricha, bunday taktika o‘rinli bo‘lmaydi va hamisha foydasizdir.

Top