23:48 / 03.10.2016
19909

Dunyodagi eng yaxshi mashina unvonini olish uchun da'vogarlar e'lon qilindi

"Jahon yil avtomobili" (World Car of the Year, WCOTY) tanlovi tashkilotchilari 2017 yilning eng yaxshi mashinasi unvoni uchun da'vogarlik qiluvchi avtomobillar ro‘yxatini chop etdilar. Tanlovda g‘oliblik uchun 22 ta model kurashadi. 

WCOTY vakillari shuningdek "Yilning nufuzli avtomobili/sportkari" (13 ta model) va "Yil yashil avtomobili" (11 ta model) toifalar uchun nomzodlarni ham ma'lum qilishdi. Bundan tashqari, tanlovga yangi – "Shahar avtomobili" nominatsiyasi kiritildi. Bu unvonga 8 ta model da'vogarlik qilmoqda.

Tanlov hakamlar hay'atini 20 ta davlatdan 70 ga yaqin avtomobil jurnalistlari tashkil qiladi. G‘oliblar 2017 yil 17 aprelda Nyu-York avtosaloni doirasida e'lon qilinadi.

Oxirgi tanlov g‘olibi Mazda MX-5 rodsteri bo‘lgandi. 2016 yilning eng yaxshi nufuzli avtomobili "yettinchi" BMW, sportkari Audi R8 kupesi bo‘lgan. "Yashil avtomobil" unvoni Toyota Mirai’ning vodorodda harakatlanuvchi variantiga nasib qilgan. Yilning eng yaxshi dizayni Mazda MX-5’ga berilgandi.

Top