Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonning "Arsenal" klubi muxlislari ketayotgan poyezd sigirlar podasini urib yubordi
Londonning "Arsenal" klubi muxlislari ketayotgan yo‘lovchi poyezdi 2 oktabrda Piterboro shahri yaqinida sigirlar podasini urib yubordi. Oqibatda 11 ta sigir nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, poyezd yo‘lovchilaridan hech kim jabrlanmagan. Ta'kidlanishicha, voqeadan keyin poda egalari yana 15 ta sigirni topisha olmayapti.

Kanonirlar muxlislari Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan "Byornli"ga qarshi uchrashuvga ketishayotgan bo‘lgan. Uchrashuv 0:1 hisobida "Arsenal" foydasiga hal bo‘ldi.
London klubining muxlislaridan biri tvitterda 15 yil ichida birinchi marta sevimli klubi o‘yinini poyezdning sigirlar bilan to‘qnashishi oqibatida o‘tkazib yuborishi mumkinligini yozgan. Biroq natijada muxlis futbol uchrashuviga ulgurgan.
Mavzuga oid
18:27
Uzoqni yaqin qiluvchi temir ot – nega dunyoning turli hududlarida temiryo‘llar har xil o‘lchamda qurilgan?
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
10:19 / 19.03.2026