18:11 / 03.10.2016
23836

OAV: Saudiya Arabistoni malikasi Parijda uning xonalarini suratga olgan dekoratorni o‘ldirishga buyruq berdi

Saudiya Arabistoni malikasi  o‘z tansoqchisiga qo‘lida ishlaydigan fransuz dekoratorini o‘ldirishga buyruq bergan va Parijni tark etgan. Bu haqda The Independent xabar bergan.

OAV xabar qilishicha, malika dekoratorni shu qilmishi uchun «hayotda yashashga munosib emas»ligini aytib o‘tgan.

Ma'lum bo‘lishicha, tansoqchi dekoratorni to‘rt soat davomida kaltaklagan.

The Local nashrining qayd etishicha, jabrlanuvchi malikaning oyog‘ini o‘pganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan.

Tansoqchi zulm o‘tkazish, o‘g‘irlash, jarohat yetkazish va o‘qotar qurollardan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Parijdagi elchixonasi bu haqida izoh berishdan bosh tortgan.

Top