12:22 / 03.10.2016
8273

Ronaldu Lissabonda mehmonxona ochdi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Pestana CR7 brendidagi yana bir mehmonxonaning ochilish marosimida ishtirok etdi. 

«Hayot – faqat futboldan iborat emas. Futbol – mening ehtiroslarim, ammo men o‘z kelajagim haqida ham qayg‘urishim kerak.

Mening futbolchilik faoliyatimning boshlang‘ich qismi Lissabonda kechgan, men bu yerda 7 yil o‘tkazganman. Men bu shaharda mehmonxona ochish imkonini qo‘ldan boy bera olmasdim», — degan Ronaldu.

Bungacha futbolchi o‘zi tug‘ilgan Funshal shahrida ham mehmonxona ochgandi.

O‘tgan yili Ronaldu 70 mln yevrolik 4 ta mehmonxona ochishi ma'lum bo‘lgandi.

Mehmonxonalarning 3tasi portugaliyalik futbolchining hayoti va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan Funshal, Lissabon va Madrid shaharlarida ochilishi belgilab olingandi.

Shuningdek, mehmonxonalarning biri Nyu-York shahrida ham ochiladi. Aynan shu yerda Ronaldu professional futbolchilik faoliyatini yakunlashni maqsad qilgani aytiladi.

Top