Jahon | 06:52 / 03.10.2016
7086
1 daqiqa o‘qiladi

Samolyot yukxonada unutib qoldirilgan yukchi sababli favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi

Portugaliyadan Angolaga uchib ketayotgan samolyot yukchining yo‘qolib qolgani haqidagi xabardan keyin Lissabonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda 2 oktabrda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Lissabon aeroportining rasmiy vakili Rui Oliveyra jurnalistlarga Angola Airlines aviakompaniyasi samolyoti 1 oktabrda mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da uchib ketganini ma'lum qilgan. Samolyot Portodan Luanduga uchib ketayotgan bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan taxminan bir soatdan keyin Portoda yukchilardan biri yo‘qolib qolgani aniqlangach favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Samolyot qo‘ngach, erkak yuk bo‘limida sovqotgan holatda tirik topilgan. Ma'lum qilinishicha, yukchi shifoxonaga olib ketilgan. Ayni vaqtda uning holati barqaror deya baholanmoqda.

Mavzuga oid