07:42 / 03.10.2016
5843

Tesla yetkazib bergan avtomobillari bo‘yicha hisobot berdi

Tesla kompaniyasi joriy yilning 3-choragida yetkazib bergan elektromobillari soni 2015 yilning shu davriga nisbatan 2 barobarga o‘sganini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytildi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko‘ra, Tesla 3-chorakda 24,5 mingta elektromobil sotgan. Undan 15,8 mingtasi Model S, 8,7 mingtasi Model X krossoveriga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan chorakka nisbatan savdolar 70 foizga, o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan 111 foizga o‘sgan.

Kompaniyada aytilishicha, avtomobil bevosita mijoz ixtiyorida bo‘lganda va barcha qog‘oz ishlari muvaffaqiyatli bajarilganda u yetkazib berilgan deb hisoblanadi. Kompaniya keyingi chorakda avtomobillar yetkazib berish hajmi ozgincha oshishini kutmoqda va 2016 yil 2-yarmida 50 mingtadan ko‘proq avtomobil sotishga umid qilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top