10:45 / 04.10.2016
11561

«IMG» - TOP 20 reytingida birinchi o‘rinda!

2016 yilning 22 sentabrida Minsk shahrida o‘tkazilgan “Teletematika 2016” xalqaro anjumanida  «Wialon» transport monitoringi uchun yirik platformani yo‘lga qo‘yishda yuksak natijalarga erishgan eng sara 20 kompaniyaning reytingi e'lon qilindi. Reytingdagi sharafli 1-o‘rin O‘zbekistonning «International Monitoring Group» kompaniyasiga nasib etdi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, reyting tuzishda 100dan ortiq mamlakatning 900dan ortiq kompaniyasi baholangan.

«International Monitoring Group» MChJ 2009 yilda transport monitoringi va yoqilg‘i iste'molini nazorat qilish sohasida kompleks xizmat taqdim etish maqsadida tashkil etilgan. Kompaniya «Gurtam», «Teltonika» va «Omnicomm» kabi dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalarning O‘zbekiston hududidagi rasmiy hamkori hisoblanadi. U shaxsiy tahlil bo‘limi, shuningdek kafolatli xizmat ko‘rsatuvchi servis markaziga ega.

Mazkur kompaniyaning eng zamonaviy dasturiy ta'minot va Yevropadan keltirilgan navigatsiya uskunalariga asoslangan ilg‘or yechimlari yordamida transport vositalarining samarali, to‘liq va ehtiyotkorona ekspluatatsiyasini nazorat qilish oson.

O‘z navbatida transportni innovatsion usulda nazorat qilish avtopark uchun kerakli bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga olib keladi, bunda avtoparkning hajmi ahamiyatsiz – sun'iy yo‘ldosh orqali kuzatuv tizimidan foydalanish bir nechagina avtomobilga ega kichik kompaniyada ham, minglab mashinasi bo‘lgan yirik korporatsiyada ham birdek samarali bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot bilan kompaniyaning rasmiy sayti va Facebook'dagi sahifasi orqali tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top