Nazarboyev Rossiya bilan tovar ayirboshlashga yangicha tus berishga chaqirdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash yangicha tus olishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqida "Vesti.Ru" xabar berdi.
U inqirozga qadar bo‘lgan davrda ikki tomonlama savdo hajmi 20 milliard dollardan oshgani, hozir esa u 30 foizga tushganini qayd etdi.
"Bunday sharoitlarda tovar ayirboshlashga yangicha tus berish lozim, buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud", - dedi Nazarboyev Rossiya-Qozog‘iston biznes-forumida.
Sentyabr oyi boshida Rossiya Qozog‘istondan keladigan go‘shtga qo‘yilgan cheklovni bekor qilgani haqida xabar berilgandi.