Pentagon Suriyaning Idlib viloyatida "Jibhat an-Nusra" terrorchilik guruhi yetakchisining "o‘ng qo‘li" – Abu al-Faraj al-Masriy yo‘q qilinganini tasdiqladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Asl ismi Ahmad Saloma Mabruk bo‘lgan terrorchi AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi natijasida yo‘q qilingan.

Al-Masriy "Jibhat an-Nusra"da ikkinchi odam hisoblangan. U, shuningdek, "Al-Qoida" yetakchisi Ayman az-Zavaxiriy bilan yaqin bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, Al-Masriy terrorchilar safiga 1983 yilda qo‘shilgan.