Suriyaning Xasaka viloyatidagi Safiya aholi punktida to‘y vaqtidagi portlash oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilmani to‘y o‘tayotgan xonada terrorchi-xudkush harakatga keltirgan.
Ta'kidlanishicha, yana 55 kishi jarohat olgan. Shu bilan birga jarohatlanganlar soni 90 kishiga yaqinni tashkil qilgani haqida ham xabarlar berilgan.
Sentyabr boshida Tartus, Xoms va Damashq yon-atrofida portlashlar sodir etilgandi. Bu portlashlar oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan.











