5 oktabr tongida Toşkent şahrida yirik yöl transporti oqibatida bir inson hayotdan köz yumdi va kişilarga moddiy talofatlar yetkazildi. Yölovçi taşuvçi avtobus katta tezlikda kelayotgan “Lasetti” rusumli maşina bilan töqnaşişi natijasida ana şunday mudhiş holat yuz berdi. Eng ayançlisi bunga har ikki tomonni ham ayblab bölmaydi, balki boşqa sabablarni keltirib ötişga töğri keladi.

Falokat aslida qanday sodir böldi?..

Metroning “Novza” stansiyasi çorrahasi, aniqroği, Muqimiy va Bunyodkor köçalari çorrahasida 5 oktabr, soat 5:30-6:00lar atrofida yölovçi taşuvçi avtobus va “Lasetti” rusumli maşinalar özaro töqnaşib ketdi. Muqimiy köçasidan kelayotgan avtobus Bunyodkor köçasi böylab harakatlanayotgan yengil maşinaga borib uriladi. Buning oqibatida yengil maşina boşqaruvida bölgan ayol voqea joyida jon beradi. Bu YTHda kim aybdor - bu yöl patrul xizmati xodimlarining vazifasi, ammo biz masalaga özgaça yondaşmoqçimiz.

Guvohlarning hamda avtotransport egalarining sözlariga köra, uşbu katta çorrahada 2-3 kundan beri yöl çiroqlari yöq. Borlari yangi köprik qurilişi munosabati bilan olib taşlangan. YPX xodimlari istalgan, ha, kunning istalgan vaqtida çorrahada turişadi. Qolgan paytlarda esa ana şunday ulkan çorrahada harakatlanuvçi avtoulovlar özlari bilganiça iş tutadi.

Şu örinda, mazkur çorraha köçalaridan biri Muqimiyda joylaşgan 173-maktab röparasidagi piyodalar ötiş yölagi yaqinida ham yöl çiroqlari mavjud emas. Maktab öquvçilari esa "bir amallab" ta'lim dargohiga ötib olişadi.

Biz tuşunamiz, yölda quriliş işlari ketmoqda...

Biz tuşunamiz, hammasi 2-3 kun içida hal böladi...