11:39 / 05.10.2016
6658

AQSh Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashida Damashqdagi elchixonasi o‘qqa tutilgani haqidagi bayonotini bloklab qo‘ydi

© RIA Novosti

AQSh Rossiyaning BMT Xavfsizlik kengashida tarqalgan, Damashqdagi elchixonasi o‘qqa tutilgani haqidagi bayonotini bloklab qo‘ydi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Diplomatik missiya vakillarining aytishicha, ushbu bayonot "bunday vaziyatlarda standart matnga boshqa narsalarni qo‘shishga harakat qilgan AQSh delegatsiyasi tomonidan deyarli bloklab qo‘yilgan". Vakolatxonada aytilishicha, "amerikaliklarga inglizlar va ukrainaliklar beo‘xshov qo‘shilishgan".

"Shuni qayd qilishga to‘g‘ri keladiki, Xavfsizlik kengashi bo‘yicha ba'zi hamkasblarimizning ma'naviy qarashlari jiddiy chetga og‘ishgan", deb aytildi vakolatxonada.

Avvalroq Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi minomyotdan o‘qqa tutilgandi. 

Mavzuga oid
Top