07:05 / 05.10.2016
5899

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash choralarini e'lon qildi

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Amber Radd noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashga qaratilgan choralarni e'lon qildi.

Radd Birmingemda konservatorlar partiyasi anjumanidagi nutqida haddan ziyod ko‘p muhojirlar Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi a'zoligi bo‘yicha o‘tkazilgan referendumning natijasiga ta'sir qilgan omillardan biri bo‘lganini aytdi. Iyunda o‘tgan referendumda britaniyaliklarning aksariyati davlatning YeI tarkibidan chiqishiga ovoz berganlar.

"Men parlamentda Gastings va Ray shaharlarini bildiraman. Gastings – ajoyib shahar, u yerda migratsiya darajasi yetarlicha yuqori. Odamlar turar-joy, ijtimoiy soha bilan bog‘liq muammolar borasida haqli xavotirlanmoqdalar va biz ularning xavotirlariga javob berishimiz kerak", deb aytdi Radd.

Raddning aytishicha, birinchi navbatda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish lozim.

"Yevropa Ittifoqidagi muhojirlar – bu muammoning bir qismi. Biroq biz migratsiyaning barcha manbalarini ko‘rib chiqishimiz kerak. Bugun men dekabrdan noqonuniy muhojirlarga uylarni ijaraga beruvchilar bu bilan jinoyatga qo‘l urishlari va turmaga o‘tirishlari mumkinligini e'lon qilishim mumkin", deb aytdi vazir.

Raddning ta'kidlashicha, migratsiya maqomiga tekshiruvdan taksi haydovchilari o‘tishlari kerak bo‘ladi.

"Keyingi kuzdan banklar ular noqonuniy muhojirlarga moliyaviy xizmatlar taqdim qilmayotganlarini tekshirishlari kerak bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Radd.

Radd Buyuk Britaniya hukumati shuningdek eng katta muhojirlar oqimiga ega mahalliy hokimiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga 140 mln funt sterling ajratishini ma'lum qildi.

"Migratsiyani nazorat qilish jamg‘armasining yaratilishi mamlakatda bo‘lishga haqqi bo‘lmagan odamlarga uylar uchun nafaqalarni to‘lashni to‘xtatish bo‘yicha sa'y-harakatlarni amalga oshiruvchi mahalliy hokimiyatlarni qo‘llab-quvvatlash, noqonuniy muhojirlar ko‘chalarada uxlamasliklariga, noqonuniy muhojirlarni eng nomaqbul sharoitlarda joylashtiruvchi firibgar-ijaraga beruvchilarga qarshi kurash bo‘yicha ishimizning davomi bo‘ladi", deb ma'lum qildi Radd.

Mavzuga oid
Top