19:32 / 05.10.2016
8423

FIFA 2018 va 2022 yilgi JCh mezbonligi tanlovi futbolga qanday foyda keltirganini ma'lum qildi

© EPA/WALTER BIERI

Rossiya va Qatar 2018 va 2022 yillarda futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilishi futbolda yuz berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi hodisalar qatoridadir. Bu xaqda FIFA vitse-prezidenti Viktor Montalyani ma'lum qilgan. Uning so‘zlari Britaniyadagi Guardian nashri tomonidan keltirilgan.

Rossiya va Qatar 2010 yilda bu chempionatlarga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgandi.

"Agar Rossiya va Qatar chempionatlar mezbonligini qo‘lga kiritmaganida, futboldagi korrupsiyaga qarshi kurash boshlangan bo‘larmidi? Menimcha, aynan shu qarorlar futboldagi tozalashni boshlashga turtki bo‘ldi. Ehtimol, bu futbolda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi hodisalardir", degan Montalyani.

FIFA tarixidagi eng yirik mojarolar 2015 yilning may oyi oxirida yuzaga kelgandi. O‘shanda Tsyurixdagi mehmonxonada tashkilot prezidentligi uchun saylov boshlanishiga 2 kun qolganida Shveytsariya politsiyasi FIFAning boshqaruv tizimidagi 7 nafar amaldorni korrupsiyada gumon qilib hibs qilgandi. Keyinroq, jami 14 nafar futbol amaldoriga ayblov e'lon qilindi. AQSh Adliya vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 24 yil davomida bu shaxslar jami 150 mln dollar miqdoridagi mablag‘ni pora sifatida olishgan.

Manba: Tribuna.uz

Top