Germaniyaning Maynts shahri prokuraturasi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilganlikda ayblangan komik va teleboshlovchi Yan Bemermanga nisbatan ochilgan tergov ishini yakunladi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Prokuratura qarorida ko‘rsatilishicha, tergov natijalariga ko‘ra teleboshlovchi yoki teleko‘rsatuvda ishtirok etgan biror-bir ishtirokchi tomonidan qandaydir jinoyat sodir etilgani isboti topilmagan.

Bemerman 31 mart kuni nemis televideniyesi efirida Erdo‘g‘an kurdlar va nasroniylarni tahqirlash hamda muxolif gazetalarni yoptirishda ayblangan she'r o‘qigan.

Erdo‘g‘an bu holat bo‘yicha Bemermanni sudga bergan. Germaniya hukumati komikka nisbatan tergov o‘tkazishga ruxsat bergan.