20:17 / 05.10.2016
19646

Kechki dayjest: 5 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 5 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston yangi ish o‘rinlari yaratish uchun Jahon bankidan 100 mln dollar kredit olmoqchi

O‘zbekiston hukumati yangi ish o‘rinlari yaratish uchun Jahon bankining 100 million dollar miqdoridagi mablag‘ini jalb etishni rejalashtirgan. Bu haqda respublika iqtisodiyot vazirligi vakiliga asoslanib, RIA Novosti xabar tarqatgan.

>>> Batafsil.

Sergeli tumanida 6 metro bekati va 500 yangi turar joy binolari bunyod etiladi

Toshkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev shu haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

5 oktabr tongi. Toshkent chorrahalaridan birida svetofor yo‘qligi tufayli avtobus va yengil mashina to‘qnashib, bir inson halok bo‘ldi

5 oktabr tongida Toshkent shahrida yirik yo‘l transporti oqibatida bir inson hayotdan ko‘z yumdi va kishilarga moddiy talofatlar yetkazildi. Yo‘lovchi tashuvchi avtobus katta tezlikda kelayotgan “Lasetti” rusumli mashina bilan to‘qnashishi natijasida ana shunday mudhish holat yuz berdi.

>>> Batafsil.

Kun fotosi: Yoxannesburg, Vitvatersrand universitetidagi namoyish chog‘ida

AFP fotomuxbiri Yoxannesburgdagi mashg‘ulotlari bir haftaga to‘xtagan Vitvatersrand universiteti hududidagi namoyish chog‘ida olingan fotosuratni taqdim etdi. Unda talaba kuch ishlatar tizim vakiliga gul tutayotgan aks etgan.

>>> Batafsil.

OAV: Alyaskada yirik neft koni aniqlandi

Caelus Energy kompaniyasi Alyaskada yirik neft koni aniqlagani haqida xabar qilgan.

>>> Batafsil.

Fotojamlanma: Stiv Jobssiz 5 yil

Yangiliklardan xabardor kishilar Stiv Jobs nomini yaxshi bilishadi: Apple kompaniyasining asoschisi kishilarni texnologiyalar bilan "do‘stlashtiruvchi" qurilmalar yaratib, insoniyatga juda katta ta'sir ko‘rsatgan. Jobsning jamoasi tomonidan yaratilgan gadjyetlar ko‘p sohalarda iste'moldagi qurilmalar etaloni hisoblanadi, Apple rahbari har bir qurilmani ishlab chiqarish jarayonini shaxsan nazorat qilgan.

>>> Batfasil.

Kolumbiya xalqi isyonkorlar bilan tinchlik bitimini qo‘llab-quvvatlamadi. Endi urush davom etadimi?

2 sentabr kuni Kolumbiyada hukumatning isyonkorlar bilan imzolangan tinchlik bitimiga bag‘ishlangan referendum bo‘lib o‘tdi. Kolumbiya qonunlariga ko‘ra, saylovchilarning 13 foizi ishtirok etgan taqdirda ham ovoz berish jarayoni o‘tgan hisoblanadi.

>>> Batafsil.

Fotojamlanma: Rossiyaning eng nufuzli musulmon siyosatchisi Ramzon Qodirov 40 yoshda

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov 5 oktabr kuni 40 yoshga to‘ldi. U 1976 yilda Tsentaroyda tavallud topgan. 1990 yillarda u o‘z otasi - nufuzli muftiy Ahmad Qodirovning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan.

>>> Batafsil.

Messi "Barselona" bilan yangi shartnoma tuzishga shoshilmayapti

 

"Barselona" rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

>>>  Batafsil.

Top