Fan-texnika | 00:51 / 05.10.2016
10875
2 daqiqa o‘qiladi

Nike 89 juft o‘zi bog‘ichlanuvchi krossovkalar chiqardi

Nike Inc kompaniyasi "Kelajakka qaytish" filmidagi bosh qahramonning poyafzalidan andoza olib, o‘zi bog‘lanuvchi Nike Air MAG krossovkalarini ishlab chiqardi. Yangi krossovkalar bor-yo‘g‘i 89 juft qilib chiqarildi. Bu krossovkalarni chiptasi 10 dollar turadigan internet-lotereya orqali ega bo‘lish mumkin. Krossovkaning narxi 10 ming dollarga baholangan.

Krossovka tagida chiroqlari bo‘lib, bog‘ichlarni o‘zi bog‘lash mexanizmi patentlashtirilgan. Uni bir haftada quvvatlab turish kerak.

Lotereya g‘oliblari 17 oktabrda e'lon qilinadi. Shuningdek, krossovkalarning bir qismi auksionlar orqali sotiladi: 11 oktabrda Gonkongda, 14 va 17 oktabrda Londonda va 12 noyabrda Nyu-Yorkda.

Nike lotereya va auksionlarni filmdagi bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Maykl Jyey Foks xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda o‘tkazmoqda. Jamg‘arma aktyor aziyat chekuvchi Parkinson kasalligi bilan kurashish uchun yaratilgan.

21 sentabrda kompaniyaning PR-direktori Xaydi Burgett 28 noyabrdan avtomatik bog‘ichlovchi texnologiyaga ega Nike HyperAdapt 1.0 korossovkalari sotuvga chiqishini ma'lum qilgandi.

 

Mavzuga oid