08:47 / 06.10.2016
6616

Germaniyalik ota-ona o‘z farzandini 30 yil uy qamog‘ida saqlagani fosh bo‘ldi

Foto: Globallookpress.com

Germaniyada ota-onasi 30 yil davomida uy qamog‘ida saqlagan erkak ozod etildi, deb xabar bermoqda The Local nashri. 

Voqea Bavariyadagi Frayyenfels qishlog‘ida yuz bergan. Politsiyachilarning taxminicha, 43 yoshli Markus D. 79 yoshli otasi Ervin va 76 yoshli onasi Valtrud tomonidan ushlab turilgan. Hozirda ular bolani ozodlikdan noqonuniy ravishda mahrum qilishda ayblanmoqdalar.

Umumiy hisobda erkak 32 yil uydan tashqariga chiqarilmagan. Uning ota-onasining ta'kidlashicha, ularning farzandi maktabda haqoratlarga uchragach 1984 yildan beri ko‘chaga chiqmay qo‘ygan. Bundan tashqari, Markusning o‘zi ota-onasi bilan bo‘lishni istagan. 

Politsiyachilarning aniqlashicha, qishloq ahli erkak uyidan yillab ko‘chaga chiqmaganini bilgan, biroq bu haqda huquq-tartibot muassasalariga xabar bermagan. Politsiya bundan qishloqning yangi vakilidan xabardor bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top