21:33 / 06.10.2016
14212

Kechki dayjest: 6 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 6 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 5 oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

>>> Batafsil.

Sergeli tumanida 500 ta ko‘p qavatli uy barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi

Toshkent shahar hokimligida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun ijrosini ta'minlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

>>> Batafsil.

O‘zbekistonda yangi erkin iqtisodiy hudud tashkil etiladi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida erkin iqtisodiy hudud barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev viloyatga safari chog‘ida shunday tashabbus bilan chiqqan.

>>>  Batafsil.

Istanbuldagi portlash oqibatida jarohatlanganlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda

Istanbul shahridagi politsiya mahkamasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida jarohatlanganlar soni 10 nafar.

>>> Batafsil.

Belarus prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6 oktabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu yerda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

>>> Batafsil.

Shimoliy Amerika osmonida yorqin obekt kuzatildi

4 oktabr kuni Toronto osmonida yorqin meteor ko‘rindi. Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.

>>> Batafsil.

Putin Suriya va Ukraina masalasi bo‘yicha Olland bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya davlat rahbari Fransua Olland bilan 19 oktabr kuni uchrashadi, deya xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi. >>> Batafsil.

Dunyoning eng qimmat brendlari nomi e'lon qilindi

Interbrand Corp konsalting agentligi 2015 yil yakunlari bo‘yicha dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatini tuzib chiqdi.

>>> Batafsil.

Dunyoning eng qimmat 100 brendi nomlari e'lon qilindi (axborot grafikasi)

Dunyoning eng qimmat 100 brendi reytingi har yili yangilanadi, bu yil ham ro‘yxat cho‘qqisidan texno-gigantlar o‘rin oldi.

>>> Batafsil.

Eng qimmat avtomobil brendlari ro‘yxati ma'lum qilindi

Interbrand kompaniyasi har yili eng qimmat yuzta mashina brendlari ro‘yxatini e'lon qiladi.

>>> Batafsil.

Top