13:32 / 06.10.2016
3157

Keniya shimolidagi terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni olti kishini tashkil etmoqda

Foto: © AFP

Keniya shimolidagi aholi turar-joy binosida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida olti kishini tashkil etmoqda. Ushbu terakt, taxminlarga ko‘ra, “Ash-Shabab” terrorchilik guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Bu haqda mahalliy hukumat vakillari xabar bergan.

"Biz Mandera shahriga qilingan hujumdan aziyat chekdik. Unda olti kishi halok bo‘ldi va bir nafari og‘ir yaralandi. Oila a'zolarimiz bilan motamdamiz", — deb Mandera hokimi Ali Robaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.
Xabarda aytilishicha, terakt vaqtida binoda 33 kishi bo‘lgan, ulardan 25 nafarini qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 
 

Mavzuga oid
Top