12:33 / 06.10.2016
5780

Messi qachon maydonga qaytishi ma'lum bo‘ldi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi mushaklaridagi jarohatidan davolanishda davom etmoqda. 5 oktabr kuni argentinalik futbolchi maydonda ilk mashg‘ulotni o‘tkazgan. 

Marca ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi individual dastur asosida shug‘ullanmoqda.

Messi YeChL guruh bosqichining 3-turida «Manchester Siti»ga qarshi 19 oktabr kuni o‘tkaziladigan o‘yinda ishtirok etishi kutilmoqda. 15 oktabr kuni Ispaniya chempionati doirasida «Deportivo»ga qarshi o‘yinni esa o‘tkazib yuborishi aniqligi aytilgan.

Mavzuga oid
Top