11:45 / 06.10.2016
6891

Turkiya bosh shtabi: “IShID jangarilari ayollar kiyimida qurol olib o‘tishga urinmoqda”

Foto: © AP

IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyadagi urush borayotgan hududlarga qurollarni ayollar va bolalar yordamida yoki ayollarcha keyingan erkaklar yordamida yetkazmoqda. Bu haqda Turkiya bosh shtabi xabar bermoqda.

«IShID jangarilari harbiy harakatlar olib borilayotgan hudud aholisi o‘z joyini tark etganiga qaramay, o‘z qaramidagi ayollar va ularning bolalaridan qurollarni yashirincha o‘tkazishda foydalanishmoqda. Ayrim jangarilar yubka va ayollar kiyimini kiyib olib, jangari guruhlarga qo‘shilmoqda», — deb xabar bermoqda RIA Novosti Bosh shtab ma'lumoti asosida.

Shu bilan birga tasdiqlanishicha, turk harbiylari agar o‘zlari o‘t ochishmasa tinch aholi guruhlariga o‘t ochmasligini ma'lum qilgan.
 

Top