O‘zbekistonda yangi erkin iqtisodiy hudud tashkil etiladi

Foto: Samarkand.uz
Samarqand viloyatining Urgut tumanida erkin iqtisodiy hudud barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev viloyatga safari chog‘ida shunday tashabbus bilan chiqqan.
«O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturi xabar qilishicha, ayni vaqtda tumanning 42 gektarlik sanoat hududida 40ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyat yuritsa, shulardan 19tasi xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilgan. Bu yerda 1200 kishi ish bilan ta'minlangan.
O‘tgan yili mazkur quvvatlarda 20dan ortiq, 157,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqilgan, eksport hajmi 10 mln dollardan oshib ketgan.
Sanoat hududida gilamlar va gilam mahsulotlari, sun'iy tola, elektrpechka, gaz plitalari, bir martalik plastik idishlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqiladi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.
2017 yili tumanda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqish bo‘yicha yana 78ta loyihani amalga oshirish va 3400 ish o‘rnini yaratish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda, O‘zbekistonda 3ta iqtisodiy hudud faoliyat yuritadi. Bu yerda sarmoyadorlar uchun biznes yuritish uchun imtiyozlar va alohida imkoniyatlar taqdim etiladi. Bular, Navoiy viloyatidagi «Navoiy» sanoat-iqtisodiy zonasi, Toshkent viloyatidagi «Angren» maxsus industrial zonasi va Jizzax hamda Sirdaryo viloyatidagi «Jizzax» maxsus industrial zonasidir.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

13:02 / 10.05.2025
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

11:48 / 08.05.2025