20:22 / 06.10.2016
15095

JCh-2018 saralashi. A guruhida 3-tur o‘yinlardan keyin O‘zbekiston 3-o‘ringa tushib ketdi

JCh—2018 3-saralash bosqichining «A» guruhida 3-turning barcha uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Avvaliga Janubiy Koreya va Qatar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan bellashuvda mezbonlar 3:2 hisobida zafar quchdi va ochkolari sonini 7 taga yetkazib, guruh peshqadamiga aylandi.

O‘z maydonida Suriyani qabul qilgan Xitoy 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdagi yagona gol 54-daqiqada Muhammad Al-Mavas tomonidan kiritildi.

O‘zbekiston esa Eronni qabul qilib, 0:1 hisobida yutqazdi.

Endilikda guruh jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

Mavzuga oid
Top