19:30 / 07.10.2016
5594

Abdulaziz Komilov Bryusselda Afg‘oniston prezidenti bilan ikki yoqlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Foto: Swarajya Magazine

2016 yilning 4 oktabr kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ishida ishtiroki doirasida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat boshida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan dafn marosimida shaxsan qatnashgani va O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani uchun Afg‘oniston Prezidentiga O‘zbekiston rahbariyati nomidan minnatdorlik bildirildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida turli darajadagi aloqalarni faollashtirish qo‘llab-quvvatlandi.

Top