08:08 / 07.10.2016
4918

AQSh prezidenti Oq uyda «Pittsburg» xokkeychilarini qabul qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda Stenli kubogining 2015/16 sohibi «Pittsburg Pingvinz» xokkeychilarini qabul qildi.

«Siz mening prezidentlik yillarimning ilk kezlarida bu yerga kubok sohiblari sifatida kelgan edingiz, endi ketar chog‘imda ham tashrif buyurmoqdasiz. Ungacha qancha suvlar oqib ketdi. Masalan, 2009 yilda sochlarimning rangi shayba rangi singari qora edi, hozir esa muz kabi oppoq», — degan prezident hazilomuz. Bu haqda Yahoo Sports yozmoqda.

AQSh prezidenti jamoaning Sidni Krosbi va Mettyu Myurrey, shuningdek, Karl Xagelin, Nik Bonino va Fil Kessel singari xokkeychilarini e'tirof etgan.

 

Top