19:33 / 07.10.2016
7612

Anchelotti kimlarni dunyoning eng yaxshi murabbiylari deb bilishini aytdi

Foto: bayern.com

Myunxenning «Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kimlarni eng yaxshi murabbiylar sifatida bilishini aytib o‘tdi.

«Dunyoning eng yaxshi murabbiylari qatoriga Gvardiola, Mourino va Raneri kiradi. Jahonda juda ko‘p yaxshi mutaxassislar bor, ularning mehnatini qadrlayman.

Bizning mehnatimiz oson emas, har doim bosim ostida ishlaymiz», degan u HNTV telekanaliga bergan intervyusida.

Anchelotti birinchi bo‘lib nomini tilga olgan Xosep Gvardiola o‘z vaqtida Anchelottining hozirgi jamoasi «Bavariya»da ishlagan, yangi mavsumdan «Manchester Siti» boshqaruviga kirishgan.

Joze Mourino o‘z faoliyatini «Portu», «Chelsi», «Inter» va «Real» jamoalarida o‘tkazgan, hozir «Manchester Yunayted» ustozi hisoblanadi.

O‘nlab jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan tajribali mutaxassis Klaudio Raneri esa «Lester Siti» bilan o‘tgan mavsumda Angliya chempionligiga erishdi.

Manba: Tribuna.uz

Top