Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 339 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Reuters agentligi ma'lum qilgan.

«Mettyu» dovulining tezligi soatiga 210 kilometrni tashkil etmoqda. Uning kuchi to‘rtinchi daraja (mavjud 5 darajadan - tahr.) bilan baholangan.

Dovul AQSh janubi tomonga harakatlanayotganligi ta'kidlanmoqda. U birinchi bo‘lib Florida shtatiga zarba beradi. Shtatning eng yirik shahri — Jyeksonvill meri aholini evakuatsiya qilishga chaqirdi.