20:23 / 07.10.2016
11200

Kechki dayjest: 7 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 7 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida uchta qonun qabul qilindi

6 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Toshkentdagi “Islom ota” jome' masjidi foydalanishga topshirildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan «Islom ota» jome' masjidining (avvalgi “Jo‘rabek” jome' masjidi) yangidan barpo etilgan binosida ilk juma namozi ado etildi.

>>>  Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


Foto: Kremlin.ru

2016 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Muftiy Usmonxon Alimov dunyodagi eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatida qayd etildi


Foto: Qadriyat.uz

Iordaniya Qirollik strategik islom tadqiqotlar markazi tomonidan jahonning eng nufuzli musulmonlarining yangi 500 talik ro‘yxati e'lon qilindi.

>>> Batafsil.

AQSh Rossiya savollariga javob berishga tayyor


Foto: AP

AQSh o‘zi yetakchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriya qo‘shinlariga zarbalari xususida Rossiya savollariga javob berishga tayyor.

>>> Batafsil.

Floridaning millionlab aholisi "Mettyu" dovuli tufayli uylarini tark etmoqda


Foto: Reuters

Millionlab kishilar Florida shtatining Atlantika okeani bilan qirg‘oqlaridan ketmoqda. Bu qirg‘oqlarga keyingi 10 yil ichidagi eng kuchli dovul bostirib kelmoqda.

>>> Batafsil.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 64 yoshda

7 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 64 yoshga to‘ldi. Rossiya davlat rahbari lavozimida uchinchi muddatini o‘tayotgan Putin jahon hamjamiyatiga o‘z mamlakatining haqiqiy yetakchisi ekanini isbotladi.

>>>  Batafsil.

Tinchlik uchun Nobel mukofoti kimga berilishi ma'lum bo‘ldi

2015 yil uchun tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosga FARC tashkiloti bilan 52 yil davom etgan ziddiyatlarni bartaraf etishga urinishlari uchun beriladigan bo‘ldi.

>>>  Batafsil.

Poroshenko mahbuslar joniga oro kiruvchi qonunni imzoladi


Ukraina prezidenti Petr Poroshenko jazo muddatini qamoqda o‘tkazayotganlarga internet tarmog‘idan foydalanishlariga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi.

>>>  Batafsil.

Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 339 nafarga yetdi

Gaitida «Mettyu» dovuli qurbonlari soni 339 nafarga yetdi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib Reuters agentligi ma'lum qilgan.

>>>   Batafsil.

Junior - internet tarmoqlarining yangi yulduzi

Internet tarmoqlarida yangi yulduzcha paydo bo‘ldi. Uning ismi Junior bo‘lib, bolakay o‘zining qalin sochlari tufayli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mashhur bo‘lib ketdi.

>>>   Batafsil.

Dunyodagi eng mitti tranzistor ishlab chiqildi


Foto: Sujay Desai / Berkeley Lab

Amerikalik fiziklar elektron mahsulotlarning tarkibiy qismi hisoblanuvchi dunyodagi eng mitti elektron tranzistorni ishlab chiqishdi.

>>>   Batafsil.

Sharp noodatiy ko‘rinishdagi smartfoni prototipini namoyish qildi

Sharp kompaniyasi Corner R nomli smartfon prototipini taqdim etdi.

>>>  Batafsil.

Murabbiyga qo‘l bermagan Pelle Italiya terma jamoasidan haydaldi


Foto: twitter.com

Italiya terma jamoasi hujumchisi Grasiano Pelle o‘zining maydondan olinishidan norozi bo‘lib, bosh murabbiy Jampero Venturaga qo‘l berishdan bosh tortgani uchun tarkibdan chiqarildi.

>>>  Batafsil.

Braziliya, Urugvaydan yirik g‘alaba, Argentina durang o‘ynadi va boshqa natijalar

JCh-2018 saralash bosqichining Janubiy Amerika mintaqasida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

>>>  Batafsil.

Top