18:50 / 07.10.2016
7004

«Manchester Siti» yana 3 futbolchi transferi uchun 168 mln yevro ajratmoqchi

«Manchester Siti»ning yozgi transferlardagi yirik xaridlariga qaramay, «shaharliklar» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga yana 3 nafar futbolchi kerak.

Mirror nashri xabariga ko‘ra, ushbu murabbiyning qiziqishlari doirasiga quyidagi 3 nafar futbolchi kirgan: Ektor Belerin («Arsenal», 45 million yevro), Leonardo Bonuchchi («Yuventus», 67 million yevro) va Per-Emerik Obameyang (Dortmundning «Borussiya» jamoasi, 56 million yevro).

Xabar qilinishicha, «Manchester Siti» jamoasi egasi shayx Mansur ibn Zayd al-Nahayyan bosh murabbiyning bu istaklarini amalga oshirishga tayyor.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid
Top