Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MOCAPE - ichida bulutlar joylashgan muzey
Avstriyaning Coop Himmelb(l)au kompaniyasi arxitektura loyihasi tez orada Xitoyning Futyan viloyatidagi Shenchjen megapolisida hayotga tatbiq etiladi. U sekin-asta shaharning madaniyat markaziga aylanadi.
MOCAPE binosi silliq chiziqli g‘aroyib ko‘pqatlamga ega shakli bilan ikkita turli maskanlar – Zamonaviy san'at muzeyi (MOCA) va Ko‘rgazmalar markazi (PE), shuningdek, ularning mehmonlari uchun o‘z eshigini ochadi.
Tashqaridan bu bino yagona bo‘lib ko‘rinsa-da, uning ichi xuddi ikki qanot kabi alohida joylashgan. Ularni kumush kataksimon tuzilmali «Plaza» umumiy markaziy qismi birlashtirib turadi. Bu qism «Bulut» deb ham nomlanadi,

Aerodinamik shakldagi obekt MOCAPE'ning tasviriy va ma'noli markazi bo‘lib, u ko‘rgazma zallarini ko‘prik va rampalar bilan bog‘lab turadi. «Bulut» ichida kafe, kitob do‘koni, sovg‘a do‘konlari va balkonlar bor.
Tosh va shishadan iborat 7 qavatli binoni "yashil" deb atash qiyin, atrof-muhitga zararni kamaytirish uchun arxitektorlar bino ichiga geotermal iliq nasos va quyosh panellarini o‘rnatishdi. MOCAPE balandligi 40 metr bo‘lib, maydoni 80 000 kvadrat metrni tashkil qiladi.












Suratlar:Coop Himmelb(l)au)
Mavzuga oid
07:30 / 03.11.2025
Misrda bir sivilizatsiya tarixi uchun bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik muzey qurildi
18:28 / 22.10.2025
Fransiyada Luvrdan keyin yana bir muzeyda o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
12:35 / 26.08.2025
O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar soni ma’lum qilindi
10:30 / 02.06.2025