08:31 / 07.10.2016
5621

Nigerdagi qochqinlar lageriga qilingan hujum oqibatida 22 harbiy halok bo‘ldi

Foto: © AFP

Nigerdagi Malidan kelgan qochqinlar uchun barpo qilingan lagerga noma'lum kimsalarning hujum qilishi oqibatida 22 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Brigi Rafini ma'lum qilgan.

«Biz Tassalitdagi lagerga hujum uyushtirilgani haqida ma'lumot oldik. Ayni damda 22 nafar halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotga egamiz, ammo bu qurbonlar haqidagi yakuniy xulosa emas», — dedi Niger bosh vaziri.
Uning qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin. Hech bir guruh mazkur hujumni o‘z zimmasiga olmagan. 

 

Top