Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama «Mettyu» dovuli tufayli Florida, Janubiy Karolina va Jorjiyada favqulodda holat e'lon qildi
AQSh prezidenti Barak Obama yaqinlashib kelayotgan «Mettyu» dovuli tufayli mamlakat janubidagi 3ta shtatda favqulodda holat rejimini joriy qildi va mahalliy hukumatga federal yordam ko‘rsatishni buyurdi. Oq uy tarqatgan xabarga ko‘ra, avvaliga Florida, keyin Janubiy Karolina hamda Jorjiya shtatlarida favqulodda holat tartibi joriy etilgan.
Davlat rahbari milliy xavfsizlik vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv bo‘yicha federal agentlikka tabiiy ofatning ehtimoliy oqibatlariga qarshi kurashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtirishga farmon bergan.
Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest «Mettyu» kutilganidan ko‘ra kuchliroq bo‘lib chiqqanini ma'lum qilgan.
AQShning janubi-sharqiy shtatlari — Florida, Jorjiya, Janubiy va Shimoliy Karolinaning hukumatdan evakuatsiya haqida tavsiya olgan aholisi soni 2 million kishidan oshadi.
Bu dovul tufayli halok bo‘lganlar soni 350 nafarga yaqinlashdi. Ularning aksari Gaiti fuqarolaridir. Dovul bugun kunning ikkinchi yarmida Amerikaga yopirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
10:31 / 27.02.2026
Kuba chegarachilari o‘qqa tutgan katerda amerikaliklar bo‘lgan
20:43 / 22.02.2026
Tramp qarorgohining qo‘riqlanadigan hududiga kirishga uringan shaxs o‘ldirildi
23:01 / 12.06.2025