Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida uchta qonun qabul qilindi

6 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Parlament a'zolari o‘z ishlarini «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi o‘qishda muhokama qilishdan boshladilar.
Qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida qo‘mita tomonidan siyosiy partiyalar fraksiyalarining, shuningdek, ayrim deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflariga katta e'tibor qaratildi.
Batafsil muhokamadan so‘ng deputatlar ushbu qonunni qabul qildilar.
So‘ngra deputatlar muhokamasiga «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi taqdim etildi.
1992 yilda qabul qilingan «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kasaba uyushmalari faoliyatini yanada rivojlantirishga, xodimlarning mehnatga doir, ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarining ta'sirchan himoya qilinishini ta'minlashga ko‘maklashganligi ta'kidlandi.
Majlis ishtirokchilari qayd etib o‘tdilarki, taklif etayotgan o‘zgartishlar kasaba uyushmalarining ijtimoiy-mehnat sohasidagi erkinligi kafolati bo‘lib xizmat qiladi, kasaba uyushmalarining yanada rivojlanishi uchun zarur huquqiy bazani yaratish, huquqni qo‘llash amaliyotining birxilligini ta'minlash imkonini beradi.
Muhokamadan so‘ng deputatlar ushbu qonunni qabul qildilar.
Deputatlar, shuningdek, jinoyatchilik holatining, undagi o‘zgarishlarning va huquqni qo‘llash amaliyotining tahlilini hisobga olgan holda firibgarlik va transport vositasini olib qochganlik uchun jinoiy javobgarlikni yanada takomillashtirishga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ko‘rib chiqdilar.
Qonunchilik palatasi deputatlarining fikricha, mazkur qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishga, jazolarning adolatliligi prinsipini ta'minlashga, shuningdek, mazkur sohalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadi.
Majlis davomida parlament quyi palatasining a'zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
Mavzuga oid

19:36 / 22.02.2025
“Budjetni deputatlar yozishi kerak” - parlamentlar haqida iqtisodchi bilan suhbat

09:52 / 21.02.2025
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi

12:09 / 20.02.2025
Senat diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ma’qulladi

23:17 / 13.02.2025