Jahon | 15:27 / 07.10.2016
8918
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko mahbuslar joniga oro kiruvchi qonunni imzoladi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko jazo muddatini qamoqda o‘tkazayotganlarga internet tarmog‘idan foydalanishlariga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Uning nusxasi Oliy Rada saytiga joylashtirilgan

Unda ta'kidlanishicha, ozodlikdan mahrum etilganlarga faqatgina ma'muriyat nazoratida tarmoqqa ulanishiga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, ulanish uchun to‘lov mahbusning o‘z mablag‘idan qoplanadi. Alohida qayd etilishicha, qamoqda saqlanayotgan jinoyatchilarning ijtimoiy tarmoqlar, zo‘ravonlik, erotika va pornografiyani targ‘ib qiluvchi saytlarga kirishi taqiqlanadi. 

Avvalroq, Ukraina Oliy Radasi 6 sentabrda mahbuslarga nisbatan qator talablarni yengillatishga qaror qilgan. Xususan, qamoqdagilar jargon so‘zlardan foydalanishlari, bir-biriga laqab qo‘yishi, tanalariga surat chizdirishlari mumkin. Bundan tashqari, ular jazoni o‘tash muassasasiga kelishi bilan, yoki karantin, diagnostika va taqsimlanish vaqtida ham yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilish huquqiga ega bo‘lishgan. 

Bundan tashqari, jinoyatchilar yangi qonunlardan ogohlatirilmasa va xabardor qilinmasa, qamoqxona rahbari javobgarlikka tortilishi mumkinligi qonunda belgilangan. 

Mavzuga oid