08:25 / 07.10.2016
17465

Rossiya tarixida eng yosh gubernator tayinlandi

Foto: news.vse42

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 yashar Anton Alixanovni Kaliningrad viloyati rahbarligiga saylash to‘g‘risidagi buyruqqa imzo chekdi. Buyruq rasmiy internet-portalda e'lon qilingan.

«Kaliningrad viloyatida saylov o‘tkazilguniga qadar gubernator vazifasini vaqtinchalik boshqarib turishga Alixanov Anton Andreyevich tayinlansin», — deyiladi hujjatda.
Ma'lumot uchun: Anton Alixanov 1986 yilning 17 sentabrida Suxumi shahrida tavallud topgan. 2010 yildan buyon Adliya vazirligida, 2013 yildan esa Rossiya savdo va sanoat vazirligida faoliyat yuritib keladi.

Alixanov ayni damda Rossiya tarixidagi eng yosh gubernator sifatida e'tirof etilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top