O‘zbekiston | 18:39 / 07.10.2016
32112
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Foto: Kremlin.ru

2016 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda ma'lumot O‘zA tomonidan taqdim qilingan.

O‘zbekiston rahbari Rossiya Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi. 

O‘zbekistonda Vladimir Putinning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash hamda rivojlantirishga qo‘shayotgan shaxsiy hissasini yuksak qadrlaydi. 

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha turli darajada O‘zbekiston – Rossiya muloqotlari faollashayotganini mamnuniyat bilan ta'kidladilar. 

O‘zbekiston va Rossiya rahbarlari o‘zaro hamkorlikka doir boshqa qator masalalar va ayrim xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Mavzuga oid